"Lombard Hamkor Kredit" doimiy va yangi mijozlar uchun aksiyani e’lon qiladi. Endi biz bilan hamkorlik yanada foydali bo‘ladi. Aksiyada ishtirok eting, yaqinlaringizga xizmatlarimizni tavsiya eting va kafolatlangan sovg‘alarga ega bo‘ling.
Aksiyada ishtirok etish shartlari:
- Tavsiya.
"Lombard Hamkor Kredit"ning istalgan filialiga tezkor moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lgan do‘stingiz yoki tanishingizni taklif qiling.
- Bonus olish.
Siz taklif qilgan shaxs kreditni rasmiylashtirishi bilan sizga maxsus bonus kuponi kafolatlanadi.
- Bosh sovrin o‘yinida ishtirok etish.
Ikki va undan ortiq do‘stini taklif qilgan mijozlar avtomatik ravishda kompaniyaning yirik super sovrin o‘yinida ishtirok etishadi.
Qoida juda oddiy: tavsiyangiz bilan do‘stlaringiz bizning xizmatlarimizdan qanchalik ko‘p foydalansa, shuncha ko‘p bonus to‘playsiz va yakuniy o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyatingiz oshadi.
Aksiya "Lombard Hamkor Kredit" kompaniyasining barcha rasmiy filiallarida amal qiladi.
